2026 yil 27 iyun kuni soat 18:34:58 da Afg'oniston hududida 6,8 magnitudali kuchli zilzila qayd etildi. Yer silkinishining epitsentri Badaxshon viloyatida joylashgan bo'lib, o'choq 224 kilometr chuqurlikda aniqlangan. Epitsentr Toshkent shahridan taxminan 499 kilometr janubi-sharqda joylashgan.
Kuchli zilzila to'lqinlari O'zbekistonning bir qator hududlarida ham sezildi. Mutaxassislar ma'lumotiga ko'ra, eng yuqori sezilish darajasi Surxondaryo viloyatida kuzatilib, u 4–5 ballni tashkil etgan.
Qolgan hududlarda yer silkinishi quyidagicha his etildi:
Surxondaryo viloyati — 4–5 ball (261 km);
Farg'ona viloyati — 4 ball (417 km);
Jizzax viloyati — 4 ball (417 km);
Samarqand viloyati — 4 ball (421 km);
Sirdaryo viloyati — 4 ball (424 km);
Qashqadaryo viloyati — 4 ball (446 km);
Andijon viloyati — 3–4 ball (477 km);
Namangan viloyati — 3–4 ball (479 km);
Toshkent viloyati — 3–4 ball (495 km);
Toshkent shahri — 2–3 ball (499 km);
Navoiy viloyati — 2 ball (554 km);
Buxoro viloyati — 2 ball (597 km).
Hozircha zilzila oqibatida jabrlanganlar yoki vayronagarchiliklar haqida rasmiy ma'lumot berilmagan.






