Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi "Farg‘ona aeroporti" chegara bojxona posti orqali xorijga uchib ketayotgan fuqaroning xatti-harakatlari bojxona xodimlarida shubha uyg‘otgan. Oqibatda "Body Scaner" nazorat texnik vositasi yordamida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Aniqlanishicha, fuqaro jinsiy a’zosiga yashirilgan umumiy qiymati 358 mln. so‘mlik og‘irligi 250 gr.ga teng bo‘lgan 3 dona quyma oltin bo‘laklari borligi fosh bo‘lgan.