AsosiyJAMIYAT

Firibgarlik orqali olingan onlayn kreditlar jabrlanuvchidan undirilmaydi

Qonunchilikka ko‘ra, jabrlanuvchidan kredit tashkiloti qarz, foiz va jarimalarni undirishni to‘xtatadi.

'Firibgarlik orqali olingan onlayn kreditlar jabrlanuvchidan undirilmaydi'ning rasmi

Qonunchilikka ko‘ra, firibgarlik yo‘li bilan olingan onlayn kreditlar bo‘yicha undirish tartibi belgilangan. Bu haqda lex.uz qonunchilik ma’lumotlari bazasida ma’lum qilingan.

Unga ko‘ra, masofadan turib onlayn kredit rasmiylashtirish jarayonida frod holati yuzaga kelib, fuqaro nomiga kredit olingan taqdirda, u huquq-tartibot organlariga ariza bilan murojaat qiladi.

Shundan so‘ng ichki ishlar organlari holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov harakatlarini amalga oshiradi.

Tekshiruv natijasida kredit firibgarlik orqali rasmiylashtirilgani aniqlanib, fuqaro jabrlanuvchi deb topilsa, bu haqdagi qaror yoki sud ajrimi kredit tashkilotiga yuboriladi.

Shundan kelib chiqib, kredit tashkiloti ushbu qarz bo‘yicha foizlar, jarimalar va neustoykalar hisoblashni to‘xtatadi hamda asosiy qarzni jabrlanuvchidan undirmaydi.

Agar mazkur kredit bo‘yicha fuqarodan avval mablag‘ undirilgan bo‘lsa, sud qarori asosida ushbu mablag‘ 15 kun ichida jabrlanuvchining bank kartasi yoki ko‘rsatilgan hisobvarag‘iga qaytarib beriladi.

    Boshqa yangiliklar

    Firibgarlik orqali olingan onlayn kreditlar jabrlanuvchidan undirilmaydi - Darakchi.uz