AsosiyDunyo

Tramp yangi urush boshladi — Dmitriy Medvedev

Medvedev AQSHning Eron yadro obyektlariga bergan zarbasiga o‘z munosabatini bildirdi.

'Tramp yangi urush boshladi — Dmitriy Medvedev'ning rasmi

Donald Tramp Eronning yadro obyektlariga zarba berishni buyurib, "AQSHni yangi mojaroga tortdi". Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.

"Tinchlikparvar prezident sifatida kelgan Tramp yangi urush boshladi", — deb yozadi u o‘zining Telegram kanalida.

Medvedevning ta’kidlashicha, "dunyoning mutlaqo katta qismi Isroil va AQSH harakatlariga qarshi", ayrim davlatlar hatto "Eronga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zining yadroviy jangovar komplektlarini yetkazib berishga tayyor". Shu bilan birga, Medevedev ular orasida Eronning "strategik sherigi" hisoblanuvchi Rossiya bor yoki yo‘qligiga aniqlik kiritmagan.

Medvedev, shuningdek, amerikaliklarning zarbasi jiddiy zarar yetkazmagani, ammo eronliklarni oyatulloh rejimi atrofida jipslashtirgani va endi Tehron aniq yadroviy qurolni yaratishiga ishonch bildirdi. "Bunday muvaffaqiyat bilan Trampga tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti nasib etmaydi… Yaxshi boshlanish, tabriklayman, janob prezident!" — deb yozadi u.

    Boshqa yangiliklar