AsosiySport

Husanov ishtirok etgan o‘yinda raqiblar "yer tishladi"

FIFA Abduqodir Husanovni klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida o‘ynagan birinchi o‘zbekistonlik deya e’tirof etdi.

'Husanov ishtirok etgan o‘yinda raqiblar "yer tishladi"'ning rasmi

Angliyaning “Manchester Siti” klubi Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida BAA vakili “Al-Ayn”ni 6:0 hisobida tor-mor keltirdi. 

O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov ushbu bellashuvni boshlang‘ich tarkibda boshladi va 61-daqiqagacha harakat qildi.

2-tur doirasida AQSHning Atlanta shahrida o‘tgan bahsda ingliz klubi to‘liq ustunlik qildi. 

Ilkay Gundo‘g‘an ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shuningdek, Echeverri, Holand (penalti), Bobb va Sherki ham o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Abduqodir Husanov o‘yinda asosiy tarkibdan joy oldi. U 58-daqiqada sariq kartochka oldi va 61-daqiqada Oskar Bobbga almashdi. 

Bu Husanov uchun musobaqadagi ketma-ket ikkinchi asosiy tarkibda boshlangan uchrashuv bo‘ldi.

Guruhdagi bu g‘alabadan so‘ng “Siti” 6 ball bilan 2-o‘ringa ko‘tarildi. “Yuventus” ham shuncha “ochko” bilan guruh yetakchiligini davom ettirmoqda. 

Har ikki jamoa pley-off bosqichiga muddatidan avval yo‘llanmani naqd qildi.

So‘nggi turda aynan “Siti” va “Yuventus” o‘zaro kuch sinashadi. Guruhning boshqa ikki jamoasi — “Al-Ayn” va Marokashning “Vidad” klubi uchun musobaqa yakuniga yetdi: ularning hisobida ochko yo‘q, imkoniyatlar ham qolmagan.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati. 2025 yil, 2-tur.

Manchester Siti – Al-Ayn – 6:0

Gollar: Gundo‘g‘an (8, 73), Echeverri (27), Holand (45+5, penalti), Bobb (84), Sherki (89).

Sariq kartochkalar: Zabala (25), Rabia (45+4), Husanov (58)

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'FIFA “Lokomotiv”ni jazoladi'ning rasmi

    Sport 20.06.2025 09:53

    FIFA “Lokomotiv”ni jazoladi

    Klub yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi.

    ''ning rasmi

    Sport 19.06.2025 21:23

    'Tarixiy g‘alabadan so‘ng – shonli bayram Toshkentda'ning rasmi

    Sport 11.06.2025 10:14

    Tarixiy g‘alabadan so‘ng – shonli bayram Toshkentda

    “Darakchi.uz” O‘zbekiston milliy jamoasining g‘alabasini suratlarda jamladi.

    'O‘zbekiston va Qatar o‘yinini xitoylik hakamlar boshqarib boradi'ning rasmi

    Sport 09.06.2025 17:48

    O‘zbekiston va Qatar o‘yinini xitoylik hakamlar boshqarib boradi

    Mazkur o‘yindagi hisob jamoa uchun hech qanday ahamiyat keasb etmasada, muxlislar ulardan chiroyli futbol va g‘alaba kutmoqda.

    'O‘zbekiston bilan o‘yindan keyin 2 nafar BAA o‘yinchisi jamoadan haydaldi'ning rasmi

    Sport 09.06.2025 14:16

    O‘zbekiston bilan o‘yindan keyin 2 nafar BAA o‘yinchisi jamoadan haydaldi

    Ularning har biriga 500 ming dirham (taxminan 136 ming AQSH dollari) miqdorida jarima solingan.

    'Boks yana bir kompleks musobaqa dasturiga kiritildi'ning rasmi

    Sport 08.06.2025 15:39

    Boks yana bir kompleks musobaqa dasturiga kiritildi

    Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.