Eron 25 iyun kuni tongda Isroil razvedkasi — “Mossad” foydasiga josuslik qilganlikda ayblangan uch kishiga nisbatan o‘lim jazosini ijro etdi. Bu haqda “Reuters”axborot agentligi xabar bermoqda.
Rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, jazoga tortilganlar “Mossad” tomonidan yollangan va Eron ichkarisida maxfiy uskunalarni yashirincha olib kirish bilan shug‘ullangan.
Ular orqali Isroil maxsus xizmatlari Eronning yuqori martabali shaxslariga qarshi suiqasdlar uyushtirgan.
“BBC” yozishicha, bir necha kun oldin shunga o‘xshash ayblovlar bilan yana ikki kishi osilgan. So‘nggi ikki hafta ichida, ya’ni Eron-Isroil qarama-qarshiligi kuchayganidan beri, Isroil bilan aloqada bo‘lishda gumonlangan 700 dan ortiq fuqaro Eron huquq-tartibot idoralari tomonidan hibsga olingan.