AsosiyDunyo

Qozog‘iston yuzni berkituvchi hijob kiyishni taqiqlamoqda

Senat tomonidan ma’qullangan hujjat imzolash uchun davlat rahbariga yuborildi.

'Qozog‘iston yuzni berkituvchi hijob kiyishni taqiqlamoqda'ning rasmi

Qozog‘iston parlamenti Majlisi deputatlari senatorlarning jamoat joylarida yuzni berkituvchi kiyim kiyishni taqiqlashni nazarda tutuvchi qonunga kiritgan tuzatishlariga rozi bo‘ldi. Hujjat imzolash uchun davlat rahbariga yuborildi, deb yozadi “Zakon.kz”.

Senator Naurizbay Bayqadamov “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunga tibbiy maqsadlarda, ob-havo sharoitlaridan, xizmat yoki mehnat vazifalarini bajarishdan tashqari, jamoat joylarida yuzni tanib olishga to‘sqinlik qiluvchi kiyim kiyishni taqiqlovchi norma kiritilgani haqida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu chora, yuzni tanib olish qobiliyatini oshirish orqali jamoat joylarida huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshiradi.

Qozog‘istonda bir necha yildan buyon jamoat joylarida diniy libos kiyish muhokama qilinmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'YouTube'da 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun yangi cheklovlar joriy etilmoqda'ning rasmi

    Dunyo 26.06.2025 20:52

    YouTube'da 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun yangi cheklovlar joriy etilmoqda

    13–15 yoshli o‘smirlar strim qilishni faqat katta yoshli shaxs hamrohligida amalga oshirishlari mumkin.

    'Eronda besh kishi qatl etildi'ning rasmi

    Dunyo 26.06.2025 15:18

    Eronda besh kishi qatl etildi

    Ular Isroil foydasiga josuslik qilishda ayblangan.

    'Tojikistonda “Ochiq osmon” siyosatini amalga oshirish to‘g‘risidagi hukumat qarori kuchga kirdi'ning rasmi

    Dunyo 26.06.2025 15:01

    Tojikistonda “Ochiq osmon” siyosatini amalga oshirish to‘g‘risidagi hukumat qarori kuchga kirdi

    Xorijiy aviatashuvchilar Tojikiston kompaniyalari reyslari soniga teng miqdordagi reyslarni amalga oshirishlari mumkin edi. Endi bu qoida bekor qilindi.

    'Tramp davrida Rossiya NATOga hujum qilmaydi – The Washington Post'ning rasmi

    Dunyo 26.06.2025 14:50

    Tramp davrida Rossiya NATOga hujum qilmaydi – The Washington Post

    Tramp Gaagada bo‘lib o‘tgan NATO sammitining asosiy sessiyasida bu bo‘yicha va’da berdi.

    'Tramp Netanyaxuga qarshi sud ishini to‘xtatishga chaqirdi'ning rasmi

    Dunyo 26.06.2025 14:19

    Tramp Netanyaxuga qarshi sud ishini to‘xtatishga chaqirdi

    Qolaversa, Tramp Netanyaxuni o‘zining eng yaqin va uyg‘un ishlagan siyosiy hamkorlaridan biri deb atagan.

    'Rossiya sudi Kursk viloyatida asir olingan 184 nafar ukrainalikka hukm chiqardi'ning rasmi

    Dunyo 26.06.2025 07:47

    Rossiya sudi Kursk viloyatida asir olingan 184 nafar ukrainalikka hukm chiqardi

    Mazkur ishlar Rossiya sudlaridagi boshqa terrorizm ishlaridan tubdan farq qiladi.