AsosiyDunyo

Oq uy Ukrainadagi harbiy jinoyatlarni tergov qiluvchi loyihalarni moliyalashtirishni to‘xtatmoqchi

Biroq mazkur tavsiya hali yakuniy qaror emas — Davlat departamenti unga e’tiroz bildirishi mumkin.

'Oq uy Ukrainadagi harbiy jinoyatlarni tergov qiluvchi loyihalarni moliyalashtirishni to‘xtatmoqchi'ning rasmi

AQSH Oq uyining Ma’muriy-budjet boshqarmasi Davlat departamentiga butun dunyo bo‘ylab, jumladan, Rossiya harbiylarining Ukrainadagi jinoyatlarini tergov qilishga doir deyarli yigirmaga yaqin dasturlarni moliyalashtirishni to‘xtatishni tavsiya qilgan. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.

Mazkur tavsiya hali yakuniy qaror emas — Davlat departamenti unga e’tiroz bildirishi mumkin.

Biroq, Reuters manbalariga ko‘ra, Davlat kotibi Marko Rubio bu dasturlarning ko‘p qismini saqlab qolishni qo‘llab-quvvatlashi ehtimoldan yiroq. Aksincha, u faqat eng muhim tashabbuslarni davom ettirish tarafdori bo‘lishi mumkin.

Bu qaror xalqaro hamjamiyatda katta e’tibor uyg‘otmoqda, ayniqsa Rossiyaning harbiy jinoyatlari bo‘yicha tergovlar fonida.

    Boshqa yangiliklar