Amerika-Isroil gumanitar yordam markazlaridan kelgan un qoplarida oksikodon turidagi giyohvand modda bo‘lgan tabletkalar aniqlandi. Bu haqida G‘azo sektori hukumati matbuot xizmati xabar berdi, deya yozmoqda "zamon.uz".
“Giyohvand moddalarni un solingan qoplarga joylashtirish fuqarolar sog‘lig‘i va jamiyatning ijtimoiy tuzilishiga qarshi qaratilgan jirkanch jinoyatdir”, deyiladi bayonotda.
G‘azo hokimiyati Isroilni gumanitar yordam bahonasida giyohvand moddalarni kontrabanda qilish orqali falastinliklar orasida giyohvandlikni yoyishga urinishda ayblamoqda. Rasmiylarning fikricha, bunday moddalardan “iflos urushning yumshoq quroli” sifatida foydalanish harbiy jinoyat hisoblanadi va xalqaro gumanitar huquq normalarini buzadi.
Hokimiyat vakillari bunday markazlardan oziq-ovqat oladigan aholini hushyor bo‘lishga, insonparvarlik yordamini sinchkovlik bilan tekshirishga va shubhali moddalar haqida zudlik bilan xabar berishga chaqirgan.