Joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan "Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi" sammiti 2026 yilga qoldirildi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu qaror Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Pak Yun Chju tomonidan parlamentning xalqaro ishlar qo‘mitasi yig‘ilishida tasdiqlangan.
Qayd etilishicha, bunga mamlakat sobiq prezidenti Yun Sok Yolning harbiy holat joriy etishga muvaffaqiyatsiz urinishidan keyin yuzaga kelgan siyosiy o‘zgarishlar sabab bo‘lgan.
"Barcha tegishli holatlarni, shu jumladan ichki jadvalimizni ko‘rib chiqqanimizdan so‘ng, mazkur sammit uchun bu yil davomida maqbul sanani taklif qilish qiyin bo‘ldi", – degan TIV rahbari birinchi o‘rinbosari.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyada harbiy holat joriy etishga urinish muddatidan oldin saylovlarga olib keldi va "Toburo" Demokratik partiyasidan nomzod Li Chje Myon yangi davlat rahbari etib saylandi.