AsosiyDunyo

AQSHda vertolyotdan odamlar ustiga pul yog‘di

AQSHning Detroyt shahrida vertolyot osmondan odamlar ustiga minglab dollarlarni sochdi.

'AQSHda vertolyotdan odamlar ustiga pul yog‘di'ning rasmi

Ma’lum qilinishicha, ushbu voqea 27 iyun kuni Gratiot avenyusi va Konner ko‘chasi yaqinida sodir bo‘lgan. Guvohlarning aytishicha, bir vertolyot osmondan odamlar ustiga minglab dollarlarni sochgan. Issiq kunda bu hodisa ko‘chalarda harakatlanayotgan fuqarolarga kutilmagan quvonch olib kelgan.

Yaqin atrofdagi Motor City Coney Island restoranida ishlovchi Anaya Toney voqeaga shaxsan guvoh bo‘lgan. U pul yog‘ilayotganini anglagach, ko‘chada odamlar to‘planib, mashinalar to‘xtab qolganini ko‘rgan. Toneyning aytishicha, Gratiot bo‘ylab harakatlanayotgan barcha olti yo‘nalishdagi mashinalar bir necha daqiqaga to‘xtab, haydovchilar yo‘l o‘rtasida mashinalaridan tushib, pul tomon yugurgan.

Politsiya voqea joyiga yetib kelib, Gratiotning bir qismini 30 daqiqaga yopgan. Hozircha Detroyt politsiyasi bu voqea yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

Qayd etilishicha, ushbu pul yog‘dirish bir avtoyuvish shahobchasi egasining oxirgi istagi bo‘lgan. U olamdan o‘tayotganda buni oxirgi istak sifatida aytgan.

Bildirilishicha, pul yog‘ilgan hududga odamlar to‘plangan bo‘lsa-da, voqea tinch o‘tgan. Hech qanday janjal bo‘lmagan.

    Boshqa yangiliklar