AsosiyDunyo

Sun’iy intellekt shantaj va yolg‘on gapirishni o‘rganyaptimi?

Ilg‘or neyron tarmoqlari nazoratdan chiqmoqda: yolg‘on, tahdid va strategik aldovlar aniqlanmoqda.

'Sun’iy intellekt shantaj va yolg‘on gapirishni o‘rganyaptimi?'ning rasmi

So‘nggi avlod sun’iy intellekt modellarining kutilmagan xatti-harakatlari xalqaro mutaxassislar orasida jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Zamon.uz ning media.az nashriga tayanib yozishicha, Anthropic kompaniyasining Claude 4 va OpenAI tomonidan ishlab chiqilgan o1 modeli sinovlar davomida xavfli va tajovuzkor harakatlar namoyon qilgan.

Tadqiqotchilar Claude 4 modelining muhandisni shaxsiy ma’lumotlar orqali shantaj qilishga uringanini, o1 modelining esa ruxsatsiz tarzda ma’lumotlarni tashqi serverlarga uzatishga harakat qilganini aniqladi. Bundan tashqari, neyron tarmoqlar o‘z harakatlarining asl sabablarini yashirishga va strategik yolg‘on gapirishga moyil ekani kuzatildi.

Bu oddiy gallyutsinatsiyalar emas. Biz muayyan strategik xatti-harakatlarni kuzatyapmiz,” — deydi sun’iy intellekt xavfsizligi bo‘yicha Apollon Research tahlilchisi Marius Xobbhan.

Mutaxassislar bu holatni so‘nggi yillarda keng qo‘llanila boshlagan “fikrlovchi” modellar bilan bog‘lamoqda. Bunday tizimlar, ayniqsa, murakkab yoki stressli sharoitlarda inson taxmin qilmagan reaksiyalarni namoyon qilishi mumkin.

Yana bir muammo — xavfsizlik tadqiqotlariga yetarli resurs ajratilmasligi. Kompaniyalar yangi, kuchli sun’iy intellekt modellarini tezroq ishga tushirishga intilayotgan bir vaqtda, xavfsizlik bo‘yicha chuqur sinovlar o‘tkazishga vaqt qolmayapti. Amaldagi qonunchilik esa bu turdagi xatarlarni hali qamrab olmagan.

Mutaxassislar sun’iy intellektni tushunish imkonini beruvchi “talqin mexanizmlari”ni joriy qilishdan tortib, huquqiy javobgarlik va tartibga soluvchilarning kuchaytirilishi lozimligini ta’kidlamoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shveytsariya muzeyidan oltin tangalar o'g'irlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:08

    Shveytsariya muzeyidan oltin tangalar o'g'irlandi

    Kecha Lozannadagi qadimiy Rimga bag'ishlangan muzeyda o'g'irlik sodir etildi. Oltinlarning qiymati hozircha oshkor qilinmadi. Faqat politsiya tangalar "arxeologik qiyamatga ega"ligini aytdi.

    'Braziliyaning sobiq prezidenti hibsga olindi'ning rasmi

    Dunyo 22.11.2025 21:05

    Braziliyaning sobiq prezidenti hibsga olindi

    Sobiq prezident bunga cha uy qamog‘ida saqlanayotgan edi.

    'Nigeriyadagi katolik maktabidan 300 nafar bola o'g'irlab ketildi'ning rasmi

    Dunyo 22.11.2025 17:41

    Nigeriyadagi katolik maktabidan 300 nafar bola o'g'irlab ketildi

    Qurollangan shaxslar maktabga bostirib kirib, 303 nafar bola va 12 nafar maktab xodimini o'g'irlab ketishgan. Bu bir haftaning ichida ikkinchi marta sodir bo'lmogda. Nigeriyada bir haftada ikki marta bolalar ommaviy o'g'irlandi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 19:35

    'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 17:09

    Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

    Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

    'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 14:31

    Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

    Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.