AsosiyDunyo

AQSH Ukrainaga va’da qilingan ba’zi qurollarni yetkazib berishni nega to‘xtatyapti?

AQSHning ba’zi qurol-yarog‘larni yetkazib berishni to‘xtatishi Ukraina uchun katta zarba bo‘lishi mumkin — The Guardian.

'AQSH Ukrainaga va’da qilingan ba’zi qurollarni yetkazib berishni nega to‘xtatyapti?'ning rasmi

Qo‘shma Shtatlar o‘z zaxiralari haddan tashqari kamaygani vajidan Kiyevga avval va’da qilingan zenit-raketalar va boshqa qurollarni yetkazib berishni to‘xtatmoqda. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi

AQSH rasmiylariga ko‘ra, ba’zi o‘q-dorilar avvalroq, ya’ni Bayden ma’muriyati hokimiyatda ekanligi paytida Ukraina mudofaasini kuchaytirish uchun va’da qilingan. Biroq, yangi ma’muriyat bu qarorlarning ayrimlarini AQSH manfaatlari bilan bog‘liq xavotirlar tufayli qayta ko‘rib chiqqan.

"Bu qaror AQSHning boshqa mamlakatlarga harbiy yordami va qo‘llab-quvvatlovi qayta ko‘rib chiqilganidan so‘ng mamlakat manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yish uchun qabul qilindi", – deydi Oq uy matbuot kotibi Enn Kelli.

AP agentligiga ko‘ra, Pentagon tekshiruvidan so‘ng va’da qilingan ba’zi qurol-yarog‘ zaxiralari juda kam ekanligi, shu bois kutilgan ayrim yetkazib berishlar amalga oshirilmasligi aniq bo‘lgan.

AQSH Mudofaa vazirligi qaysi qurollar kechiktirilgani haqida batafsil ma’lumot bermagan. Biroq, PBS ma’lumotlariga ko‘ra, qurollar orasida 155 mm.li artilleriya snaryadlari, ko‘chma Stinger raketalari, Patriot havo mudofaa batareyalari va Hellfire raketalari mavjud.

"AQSHning ba’zi qurol-yarog‘larni yetkazib berishni to‘xtatishi Ukraina uchun katta zarba bo‘lishi mumkin. Chunki Moskva so‘nggi paytlarda havo hujumlarini sezilarli darajada kuchaytirdi: uchuvchisiz samolyotlar, raketa va bomba hujumlari tez-tez va kuchliroq bo‘lmoqda.

Ukraina Harbiy-havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya iyun oyida Ukrainaga qarshi rekord darajadagi 5 438 ta uchuvchisiz samolyot uchirgan. Bu Moskvaning mart oyida o‘tkazgan 4 198 ta uchuvchisiz uchuvchisiz samolyotdan to‘rtdan biriga ko‘p", – deb yozadi The Guardian.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shveytsariya muzeyidan oltin tangalar o'g'irlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:08

    Shveytsariya muzeyidan oltin tangalar o'g'irlandi

    Kecha Lozannadagi qadimiy Rimga bag'ishlangan muzeyda o'g'irlik sodir etildi. Oltinlarning qiymati hozircha oshkor qilinmadi. Faqat politsiya tangalar "arxeologik qiyamatga ega"ligini aytdi.

    'Braziliyaning sobiq prezidenti hibsga olindi'ning rasmi

    Dunyo 22.11.2025 21:05

    Braziliyaning sobiq prezidenti hibsga olindi

    Sobiq prezident bunga cha uy qamog‘ida saqlanayotgan edi.

    'Nigeriyadagi katolik maktabidan 300 nafar bola o'g'irlab ketildi'ning rasmi

    Dunyo 22.11.2025 17:41

    Nigeriyadagi katolik maktabidan 300 nafar bola o'g'irlab ketildi

    Qurollangan shaxslar maktabga bostirib kirib, 303 nafar bola va 12 nafar maktab xodimini o'g'irlab ketishgan. Bu bir haftaning ichida ikkinchi marta sodir bo'lmogda. Nigeriyada bir haftada ikki marta bolalar ommaviy o'g'irlandi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 19:35

    'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 17:09

    Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

    Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

    'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 14:31

    Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

    Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.