AsosiyDunyo

Amerikalik aktyor Maykl Madsen 67 yoshida vafot etdi

Shifokorlar voqea joyiga yetib kelgach, aktyorning yuragi to‘xtaganini aniqlagan.

'Amerikalik aktyor Maykl Madsen 67 yoshida vafot etdi'ning rasmi

Kecha, 3 iyul kuni Gollivud aktyori Maykl Madsen Kaliforniyaning Malibu shahridagi uyida vafot etdi. Bu haqda NBC nashriga uning menejeri Ron Smit ma’lum qildi.

Shifokorlar voqea joyiga yetib kelgach, aktyorning yuragi to‘xtaganini aniqlashgan. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, o‘lim tabiiy sabablarga ko‘ra yuz bergan.

Maykl Madsen 67 yoshda edi. U kino sohasida 170 dan ortiq filmda rol o‘ynagan. Ayniqsa, rejissyor Kventin Tarantino filmlaridagi obrazlari bilan mashhur: “Beshafqat itlar” (Reservoir Dogs), “Kill Bill 2”, “Omerzitel’naya vosmerka” (The Hateful Eight).

Shuningdek, u “Donni Brasco” va “Gunohlar shahri” filmlarida ham muhim rollarni ijro etgan.

    Boshqa yangiliklar