AsosiyJamiyat

Andijonda xotinini o‘ldirib, voqea joyidan qochib ketgan erkak ushlandi

Avvalroq, voqea bo‘yicha dastlabki tafsilotlarni ma’lum qilgandik.

'Andijonda xotinini o‘ldirib, voqea joyidan qochib ketgan erkak ushlandi'ning rasmi

Joriy yilning 4 iyul kuni soat 9:30 larda Andijon shahrida yashovchi 1977 y.t. fuqaro D.A. turmush o‘rtog‘i 1982 y.t. M.D. bilan Andijon shahri O‘rikzor mahallasida kelib chiqqan janjal oqibatida ayolni bo‘yin qismiga xo‘jalik pichog‘i bilan urib jarohat yetkazib, voqea joyidan yashiringan. Ayol olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi A.D.ni ushlash bo‘yicha tezkor-qidiruv choralari ko‘rilgan.

Olib borilgan tadbirlar jarayonida gumonlanuvchi A.D. Andijon viloyati Oltinko‘l tumani, Ko‘makay mahallasi hududida tungi xizmatga jalb qilingan xodimlar tomonidan aniqlanib, qo‘lga olingan.

Hozirda gumonlanuvchi protsessual tartibda qamoqqa olingan bo‘lib, tergov-surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '"Samarqand qog‘ozi" geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:40

    "Samarqand qog‘ozi" geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

    Samarqand qog‘ozidan mahalliy miniatyurachi rassom va kalligraflar, Yaponiyadagi qadimiy yozma bitiklar va nodir asarlarni qayta ta’mirlashda foydalanishadi.

    'Metrodagi ayrim kassalar yopilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:23

    Metrodagi ayrim kassalar yopilmoqda

    13 ta metro bekati vestibyullaridagi kassalarni yopish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

    'Samarqandda inspeksiya xodimi pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:15

    Samarqandda inspeksiya xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

    U 2500 AQSH dollarini olgan vaqtda ushlangan.

    'Bugun harorat 46 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:15

    Bugun harorat 46 darajagacha ko‘tariladi

    5 iyul kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

    'Toshkentda qurilishi bitmagan bino yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 04.07.2025 12:46

    Toshkentda qurilishi bitmagan bino yonib ketdi

    Hozirda yong‘inning sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.