AsosiyDUNYO

Xomanaiy Mashhadda dafn etildi

Marosimning mazkur qismiga ommaviy axborot vositalari vakillari kiritilmadi.

'Xomanaiy Mashhadda dafn etildi'ning rasmi

Eronning halok bo'lgan oliy rahbari Ali Xomanaiy bugun, 10 iyul kuni tug'ilgan shahri Mashhaddagi Imom Rizo maqbarasiga dafn etildi. Shu tariqa bir necha kun davom etgan motam marosimlari yakunlandi.

Ma'lum qilinishicha, so'nggi lahzalarda Xomanaiy bilan xayrlashish uchun kelganlar soni keskin oshgani bois, marosim tashkilotchilari dafn yo'nalishini o'zgartirishga majbur bo'lgan. Natijada tobut ortilgan motam karvoni maqbaragacha yetib bormagan va jasad vertolyotda olib kelingan.

Imom Rizo maqbarasi hududida Ali Xomanaiy hamda u bilan birga halok bo'lgan oila a'zolari uchun yuz minglab ziyoratchilar ishtirokida janoza namozi o'qildi. Shundan so'ng tor doirada dafn marosimi o'tkazildi. Marosimning mazkur qismiga ommaviy axborot vositalari vakillari kiritilmadi.

Xomanaiy bilan xayrlashuv marosimlari 3 iyul kuni Tehronda boshlangan edi. Keyingi kunlarda uning jasadi Qum shahriga, so'ng Iroqning Najaf va Karbalo shaharlariga olib borilib, motam tadbirlari o'tkazildi. Dafn marosimi esa uning tug'ilgan shahri Mashhaddagi Imom Rizo maqbarasida yakunlandi.

    Boshqa yangiliklar