AsosiyDunyo

Rossiya, Xitoy va AQSH – dunyo xavfsizligiga eng katta tahdid sifatida ko‘rilmoqda

Yevropada Rossiyadan, Amerikada esa AQSHning o‘zidan qo‘rqishmoqda.

'Rossiya, Xitoy va AQSH – dunyo xavfsizligiga eng katta tahdid sifatida ko‘rilmoqda'ning rasmi

“Pew Research Center” tomonidan o‘tkazilgan global so‘rov natijalari shuni ko‘rsatdiki, dunyo aholisining aksariyati Rossiya, Xitoy va AQSHni eng katta tahdid sifatida ko‘rmoqda. Ushbu so‘rovda 25 mamlakatdan 32 mingga yaqin respondent ishtirok etgan bo‘lib, ular orasida Rossiya va Ukraina fuqarolari bo‘lmagan.

 

Tadqiqotga ko‘ra, ayniqsa Yevropa mamlakatlarida Rossiyaga bo‘lgan salbiy munosabat kuchaygan. Misol uchun:

 

— Polshaliklarning 81 foizi,

— Shvetsiyaliklarning 77 foizi,

— Germaniyaliklarning 59 foizi,

—Niderlandiyaliklarning 57 foizi Rossiyani asosiy tahdid deb hisoblaydi.

 

Ispaniyada esa respondentlar teng miqdorda Rossiya va AQSHni xavf deb biladi. Gretsiyada esa aksariyat (74 foiz) fuqarolar Turkiyani asosiy xavf deb atagan.

 

So‘rov natijalariga ko‘ra, AQSHga nisbatan ham salbiy munosabat kuchaygan. Jumladan:

 

 — Meksika aholisi orasida 68 foiz,

— Kanada – 59 foiz,

— Braziliya va Argentina – har ikkisi 24 foiz AQSHni xavf deb biladi.

 

E’tiborga molik jihati shundaki, Kanadada AQSHni tahdid deb biluvchilar soni 2019 yilga nisbatan uch baravarga oshgan. Mutaxassislar bu holatni Donald Trampning Oq uyga qaytishi bilan bog‘lamoqda.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Tojikiston afg‘onistonlik qochqinlarga mamlakatni tark etishlari uchun 15 kun muhlat berdi'ning rasmi

    Dunyo 09.07.2025 20:26

    Tojikiston afg‘onistonlik qochqinlarga mamlakatni tark etishlari uchun 15 kun muhlat berdi

    Tojikistonda 13 mingdan ortiq Afg‘oniston fuqarosi istiqomat qilayotgani aytilmoqda.

    'Rossiya ishchi kuchi tanqisligini hind mutaxassislar bilan qoplamoqda'ning rasmi

    Dunyo 09.07.2025 19:43

    Rossiya ishchi kuchi tanqisligini hind mutaxassislar bilan qoplamoqda

    Ushbu tashabbus Yekaterinburgda ochilayotgan Hindiston konsulligi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

    'Kiyevda Ukrainaning “Neptun” raketalari haqida ma’lumot olishga uringan Xitoy josuslari ushlandi'ning rasmi

    Dunyo 09.07.2025 19:21

    Kiyevda Ukrainaning “Neptun” raketalari haqida ma’lumot olishga uringan Xitoy josuslari ushlandi

    Kiyevdagi oliy o‘quv yurtlaridan birining sobiq talabasi va uning otasi qo‘lga olingan.

    'AQSH aeroportlarida tekshiruvdan o‘tishda poyabzal yechish talabi haqida bilarmidingiz?'ning rasmi

    Dunyo 09.07.2025 19:17

    'Yevropada jazirama issiq ortidan 2300 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 09.07.2025 18:34

    Yevropada jazirama issiq ortidan 2300 kishi halok bo‘ldi

    G‘arbiy Yevropaning katta qismlari haddan tashqari issiqlikdan aziyat chekkan 10 kunni qamrab oldi.

    'Qizil dengizda yunon kemasi cho‘kib ketdi'ning rasmi

    Dunyo 09.07.2025 17:37

    Qizil dengizda yunon kemasi cho‘kib ketdi

    Halokat ortidan o‘lim va og‘ir jarohatlar bor.