AsosiyDunyo

Qizil dengizda yunon kemasi cho‘kib ketdi

Halokat ortidan o‘lim va og‘ir jarohatlar bor.

'Qizil dengizda yunon kemasi cho‘kib ketdi'ning rasmi

Yunoniston kompaniyasiga tegishli MV Eternity C yuk kemasi Yaman sohillari yaqinida husitlar tomonidan hujumga uchrab, Qizil dengizda cho‘kib ketdi. Hodisa natijasida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi og‘ir tan jarohati oldi. Bu haqda “DW Glavnoe” va “Reuters” agentliklari xabar berdi.

Kema bortida 22 nafar dengizchi bo‘lgan: 21 nafari Filippin fuqarosi, yana biri boshqa davlatdan. AFP manbalariga ko‘ra, hujumdan so‘ng kamida besh kishi qutqarilgan, ikki kishi jarohat olgan, ulardan biri — Rossiyalik elektromexanik, u oyog‘idan ayrilgan.

Kema Hodeyda port shahri yaqinida cho‘kdi. Bu hudud ayni paytda husit isyonchilari nazorati ostida.

Husitlar 2023 yil oktyabridan beri Qizil dengizdagi savdo kemalariga muntazam hujum uyushtirib kelmoqda. Bu harakatlar Isroilning G‘azo sektoriga zarbalarini to‘xtatishga majburlash uchun qilinmoqda.

Husitlar hujumining navbatdagi qurboni — yunon kemasi va uning begunoh ekipaji bo‘ldi. Bu Qizil dengizdagi xavfsizlik inqirozining jiddiylashib borayotganidan dalolat beradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Tojikiston afg‘onistonlik qochqinlarga mamlakatni tark etishlari uchun 15 kun muhlat berdi'ning rasmi

    Dunyo 09.07.2025 20:26

    Tojikiston afg‘onistonlik qochqinlarga mamlakatni tark etishlari uchun 15 kun muhlat berdi

    Tojikistonda 13 mingdan ortiq Afg‘oniston fuqarosi istiqomat qilayotgani aytilmoqda.

    'Rossiya ishchi kuchi tanqisligini hind mutaxassislar bilan qoplamoqda'ning rasmi

    Dunyo 09.07.2025 19:43

    Rossiya ishchi kuchi tanqisligini hind mutaxassislar bilan qoplamoqda

    Ushbu tashabbus Yekaterinburgda ochilayotgan Hindiston konsulligi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

    'Kiyevda Ukrainaning “Neptun” raketalari haqida ma’lumot olishga uringan Xitoy josuslari ushlandi'ning rasmi

    Dunyo 09.07.2025 19:21

    Kiyevda Ukrainaning “Neptun” raketalari haqida ma’lumot olishga uringan Xitoy josuslari ushlandi

    Kiyevdagi oliy o‘quv yurtlaridan birining sobiq talabasi va uning otasi qo‘lga olingan.

    'AQSH aeroportlarida tekshiruvdan o‘tishda poyabzal yechish talabi haqida bilarmidingiz?'ning rasmi

    Dunyo 09.07.2025 19:17

    'Yevropada jazirama issiq ortidan 2300 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 09.07.2025 18:34

    Yevropada jazirama issiq ortidan 2300 kishi halok bo‘ldi

    G‘arbiy Yevropaning katta qismlari haddan tashqari issiqlikdan aziyat chekkan 10 kunni qamrab oldi.

    'Hindistonda jodugarlikda ayblangan oila vahshiylarcha o‘ldirildi'ning rasmi

    Dunyo 09.07.2025 16:45

    Hindistonda jodugarlikda ayblangan oila vahshiylarcha o‘ldirildi

    Taxminan 50 kishilik olomon 50 yoshli erkak va uning 70 yoshli onasi, rafiqasi hamda ikki nafar voyaga yetgan farzandini yovuzlarcha o‘ldirilgan.