AsosiyDunyo

Rossiya yagona aviatsion kreyseri “Admiral Kuznetsov” taqdirini muhokama qilmoqda

1985 yilda suvga tushirilgan mazkur kreyser 2017 yildan beri modernizatsiya qilinayotgan.

'Rossiya yagona aviatsion kreyseri “Admiral Kuznetsov” taqdirini muhokama qilmoqda'ning rasmi

Moskva — Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi mamlakatdagi yagona aviatsion kreyser — “Admiral Kuznetsov”ni ta’mirdan chiqarish ishlarini to‘xtatib, uni butunlay xizmatdan chiqarish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Izvestiya” nashri ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 1985 yilda suvga tushirilgan mazkur kreyser 2017 yildan beri modernizatsiya qilinayotgan edi. Ammo so‘nggi yillarda yuz bergan texnik muammolar, xususan, Rossiyadagi eng yirik suzuvchi dokning cho‘kishi hamda kemaning o‘zida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida ta’mirlash ishlari sezilarli darajada murakkablashdi.

Rossiya Tinch okeani floti sobiq qo‘mondoni, admiral Sergey Avakyants ushbu turdagi kema texnologiyasi o‘z dolzarbligini yo‘qotganini bildirar ekan, shunday deydi:

“Bu juda qimmat va samarasiz dengiz qurolidir. Kelajak — robotlashtirilgan komplekslar va uchuvchisiz aviatsiya tizimlariga tegishlidir.”

Mazkur fikrga Strategik rejalashtirish tadqiqot markazi eksperti Il’ya Kramnik ham qo‘shildi. Unga ko‘ra, Rossiya harbiy-dengiz salohiyatini mustahkamlash uchun “yangi avlod palubali qiruvchi samolyotlarga asoslangan kemalar” qurilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

“Admiral Kuznetsov” bugungi kunga qadar Rossiya Harbiy-dengiz flotining yagona aviatsion kreyseri bo‘lib, mamlakat harbiy-dengiz doktrinasida alohida o‘rin tutgan. Uni xizmatdan chiqarish Rossiyaning uzoq masofali dengiz amaliyotlaridagi imkoniyatlarini qayta ko‘rib chiqishga olib kelishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:05

    'Senat Trumpning Eronga qarshi harakatlarini cheklashni rad etdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:05

    Senat Trumpning Eronga qarshi harakatlarini cheklashni rad etdi

    AQSh Senati qonunchilarining Prezident Donald Trumpning Eronga qarshi harbiy harakatlarini cheklash bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatlamadi.

    'Pokiston va Afgʻoniston Ramazon hayiti arafasida harbiy harakatlarni vaqtincha toʻxtatdi'ning rasmi

    Dunyo 19.03.2026 12:51

    'Putin Larijoniy o‘limiga munosabat bildirdi: “U Rossiyaning haqiqiy do‘sti edi”'ning rasmi

    Dunyo 19.03.2026 03:50

    Putin Larijoniy o‘limiga munosabat bildirdi: “U Rossiyaning haqiqiy do‘sti edi”

    Eron tomoni Larijoniyning Isroil havo zarbasi oqibatida halok bo‘lganini tasdiqladi.

    'Isroil Eron razvedkasi rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi'ning rasmi

    Dunyo 18.03.2026 13:53

    Isroil Eron razvedkasi rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi

    Hattib 2021 yildan Eron Razvedka vaziri edi va yangi Oliy rahnamosiga eng yaqin shaxslardan biri hisoblanar edi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 18.03.2026 12:41