AsosiyDunyo

Dunyoning eng ko‘p sayyoh boradigan 10 davlati e’lon qilindi

Eng ko‘p tashrif buyurilgan shaharlar sifatida Parij va Lazurniy sohil shaharlari tilga olinmoqda.

'Dunyoning eng ko‘p sayyoh boradigan 10 davlati e’lon qilindi'ning rasmi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) 2024 yilda sayyohlar eng ko‘p tashrif buyurgan mamlakatlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, dunyoning eng ommabop yo‘nalishi — Fransiya bo‘lib, mamlakatga bir yil ichida 102 milliondan ortiq sayyoh kelgan.

Eng ko‘p tashrif buyurilgan shaharlar sifatida Parij va Lazurniy sohil shaharlari tilga olinmoqda.

Ikkinchi o‘rinda Ispaniya joy oldi — 93,8 million mehmon. Ammo bu mamlakatda mahalliy aholi massaviy turizmga qarshi norozilik namoyishlarini o‘tkazmoqda. Uchinchi o‘rinni esa AQSH egallagan — 72,4 million sayyoh.

Germaniya esa eng ko‘p tashrif buyuriladigan davlatlar ichida to‘qqizinchi o‘rinni band etgan. BMT hisoboti Germaniyada sayyohlarni shaharlar xilma-xilligi va tarixiy obidalar — xususan, Koln sobori hamda Neushvaynshhteyn saroyi jalb qilayotganini qayd etadi.

Eng mashhur 10 yo‘nalish quyidagicha:

1. Fransiya

2. Ispaniya

3. AQSH

4. Turkiya

5. Italiya

6. Meksika

7. Xitoy

8. Buyuk Britaniya

9. Germaniya

10. Yaponiya

    Boshqa yangiliklar