AsosiyDunyo

Germaniya Ukrainaga ”Patriot"raketa tizimlarini bermorqi

Germaniya AQSH bilan kelishib, Ukrainaga ikkita Patriot havo mudofaa tizimini yuboradigan bo‘ldi

'Germaniya Ukrainaga ”Patriot"raketa tizimlarini bermorqi'ning rasmi

Germaniya hukumati AQSH bilan Ukrainaga ikkita Patriot zenit-raketa majmuasi (ZRM) yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Germaniya hukumati vakili Shtefan Kornelius ma’lum qildi. Unga ko‘ra, kamida yana bitta — ehtimol, undan ham ko‘proq majmua boshqa Yevropa davlatlari hisobidan moliyalashtiriladi. Bu faqat Yevroittifoq doirasida emas, degan ishora ham qilindi.

Kornelius bu tizimlar Ukrainaga “imkon qadar tezroq” yetkazilishini aytdi, biroq aniq muddatlarni ochiqlamadi.

Germaniya tashqi siyosatini kuchaytirish yo‘lidagi bu qadam kansler Olaf Sholts uchun shaxsiy muvaffaqiyat hisoblanmoqda, deydi Germaniya Tashqi siyosat jamiyati (DGAP) eksperti Aylin Matle. “Sholts Tramp bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ya oldi — bu aloqalar bugun samara bermoqda”, — dedi siyosatshunos.

Avstriyalik harbiy ekspert Markus Raysner esa bu qarorni ijobiy baholagan bo‘lsa-da, Tramp hali ham “shirinlik va tahdid” siyosatini davom ettirmoqda, deya ta’kidladi. Uningcha, Rossiyani urushni to‘xtatishga undash uchun yanada kuchli bosim zarur.

Germaniyaning hukmron koalitsiyasi vakillari bu kelishuvni olqishladi. Bundestag mudofaa qo‘mitasi raisi Tomas Revekamp: “So‘nggi kunlarda kuchaygan hujumlar Oq uyga shuni anglatdi — Ukraina Putinning shafqatsiz hujumlaridan himoyalanish uchun zudlik bilan yordamga muhtoj”, — deydi DW nashriga.

    Boshqa yangiliklar