AQSH va Yevropa Rossiyaga qarshi bosimni kuchaytirar ekan, NATO bosh kotibi Mark Rutte Xitoy, Hindiston va Braziliyani ogohlantirdi.
Unga ko‘ra, bu davlatlar Rossiya bilan savdo aloqalarini davom ettirar ekan, AQSHning ikkilamchi sanksiyalari bilan to‘qnash kelish ehtimoli bor.
“Men ushbu uch davlatga murojaat qilaman: bu haqida jiddiy o‘ylab ko‘rishingiz kerak. Aks holda, bu sizga juda katta zarar yetkazishi mumkin,” — deydi Rette.
Ushbu bayonot G‘arbning strategik ittifoqdoshlari tomonidan Rossiyaga bosimni global darajada kuchaytirish harakati sifatida baholanmoqda.