AsosiyJamiyat

Bakalavr va magistrlar tayyorlash bo‘yicha davlat granti tasdiqlandi

Bu borada prezidentning tegishli farmoyishi qabul qilindi.

'Bakalavr va magistrlar tayyorlash bo‘yicha davlat granti tasdiqlandi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoyishi (PF–43-son, 18.07.2025 y.) qabul qilindi.

Farmoyish bilan 2025/2026 o‘quv yili va kelgusi 3 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi. Bunda:

bakalavriat bosqichiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

- 2025/2026 o‘quv yili uchun – 35 500 ta;

- 2026/2027 o‘quv yili uchun – 36 023 ta;

- 2027/2028 o‘quv yili uchun – 36 460 ta;

- 2028/2029 o‘quv yili uchun – 36 761 ta.

magistratura bosqichiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

2025/2026 o‘quv yili uchun – 9 922 ta;

2026/2027 o‘quv yili uchun – 10 191 ta;

2027/2028 o‘quv yili uchun – 10 477 ta;

2028/2029 o‘quv yili uchun – 10 784 ta.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilar bo‘yicha takliflarni Davlat komissiyasiga taqdim etadi:

respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan;

davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat grantining ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti bo‘yicha;

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda xotin-qizlar uchun ajratilgan 4 000 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '2027 yildan boshlab pensiya va g‘aznachilik bo‘limlari tugatiladi'ning rasmi

    Jamiyat 19.07.2025 20:23

    2027 yildan boshlab pensiya va g‘aznachilik bo‘limlari tugatiladi

    O‘zbekistonda pensiya va g‘aznachilik xizmatlari raqamlashtirilayotgani bois quyi bo‘g‘inlardagi tashkilotlar faoliyati bosqichma-bosqich tugatiladi.

    'Vazirlik Murod Nazarovning daraxt kesishga moratoriyni bekor qilish haqidagi taklifiga qarshi chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat 19.07.2025 17:53

    Vazirlik Murod Nazarovning daraxt kesishga moratoriyni bekor qilish haqidagi taklifiga qarshi chiqdi

    Ekologiya vazirligi huquqni saqlash organlarini Murod Nazarovning daraxt kesishga yondashuvlarini tekshirish va to‘liq taftish o‘tkazishga chaqirgan.

    'Istanbuldan Toshkentga uchgan samolyotda chaqaloq dunyoga keldi'ning rasmi

    Jamiyat 19.07.2025 14:55

    Istanbuldan Toshkentga uchgan samolyotda chaqaloq dunyoga keldi

    Samolyot Urganch aeroportiga favqulodda qo‘ngan.

    'Toshkentda "avariya" holatidagi "dom"lar aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 19.07.2025 14:49

    Toshkentda "avariya" holatidagi "dom"lar aniqlandi

    Holat yuzasidan Toshkent shahar Chilontr tumani hokimiga senator so‘rovi yuborilgan.

    'Qashqadaryoda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotgan korxona qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 19.07.2025 13:38

    Qashqadaryoda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotgan korxona qo‘lga tushdi

    Korxonadan 102 litr yog‘ va 5,5 tonna chigit ashyoviy dalil sifatida olingan.

    'Toshkentdagi ko‘chalardan biri 1 oyga yopildi'ning rasmi

    Jamiyat 19.07.2025 10:36

    Toshkentdagi ko‘chalardan biri 1 oyga yopildi

    Ushbu vaqt mobaynida ayrim avtobus yo‘nalishlari ham o‘zgaradi.