AsosiyJamiyat

Vazirlik Murod Nazarovning daraxt kesishga moratoriyni bekor qilish haqidagi taklifiga qarshi chiqdi

Ekologiya vazirligi huquqni saqlash organlarini Murod Nazarovning daraxt kesishga yondashuvlarini tekshirish va to‘liq taftish o‘tkazishga chaqirgan.

'Vazirlik Murod Nazarovning daraxt kesishga moratoriyni bekor qilish haqidagi taklifiga qarshi chiqdi'ning rasmi

Buning sabablari haqida vazirlik batafil izoh bergan. Unga ko‘ra

- O‘zbekistonning 60% hududi cho‘l, dengiz va o‘rmonlardan uzoq bo‘lgani sababli kislorod ishlab chiqarish va karbonad angidrid yutish manbaalari kam, hudud iqlim o‘zgarishiga juda zaif. Bunday vaziyatda - daraxtlar havodek zarur.

- Germaniya, Britaniya, Rossiya va Qozog‘istonda iqlim sharoiti qulayroq bo‘lishiga qaramasdan, daraxt kesishga qo‘yilgan cheklovlar O‘zbekistondan bir necha barobar qattiqqo‘l.

- Hech qanday ko‘chat voyaga yetgan daraxt o‘rnini bosa olmaydi — na SO₂ yutish hajmi, na mikroiqlimga ta’siri, na biologik xilma-xillik bo‘yicha. Bitta daraxt yiliga 21 kg SO₂ ni yutadi.

- Barqaror qurilish yashil maydonlarni yo‘q qilib keyin ularni kompensatsiya qilishga emas, aksincha ularni saqlashga asoslanadi. 

Ayrim qurilish vakillari ekologik qonunchilikni chetlab o‘tish uchun “ijodkorona” yondashuvlarni qo‘llamoqda. Masalan daraxtlarni sun’iy quritish...

Ushbu munosabat bilan Ekologiya vazirligi huquqni saqlash organlarini Murod Nazarovning daraxt kesishga yondashuvlarini atroflicha tekshirish va to‘liq taftish o‘tkazishga chaqirdi. 

    Boshqa yangiliklar