DHX va IIV hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda uyini “narkolaboratoriya”ga aylantirgan 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro qo‘lga olindi. Uning xonadondan turli giyohvand moddalar va onlayn savdo uchun ishlatilgan 3 ta Telegram-bot topildi.
Andijon shahrida giyohvand moddalarning noqonuniy aylanasiga qarshi olib borilgan tezkor tadbir davomida xonadonda narkolaboratoriya tashkil qilgan fuqaro ushlandi. Tekshiruv davomida uydan “gashish”, kristall ko‘rinishidagi sintetik modda, “Tropikamid” dori vositalari, xom-ashyo, maxsus idishlar va zip paketlar topilgan.
Shuningdek, dalil sifatida olingan noutbukda mijozlar bilan ishlash uchun boshqarilgan 3 ta Telegram-bot, shu bilan birga uy sharoitida modda tayyorlash bo‘yicha video va foto qo‘llanmalar mavjudligi aniqlandi.
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan JKning 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va uning jinoyiy aloqalarini aniklash choraklari ko‘rilmoqda.






