AsosiyJamiyat

Toshkentda Shahzod Rismatov ishi bo‘yicha sud bo‘lib o‘tdi

Toshkentda boʻlib oʻtgan sud jarayonida Shahzod Rismatovga nisbatan toʻrtta firibgarlik epizodi boʻyicha ayblov oʻqildi.

'Toshkentda Shahzod Rismatov ishi bo‘yicha sud bo‘lib o‘tdi'ning rasmi

Uning orasida bo‘lajak kelinning ota-onasiga tegishli uyni blogger Sanjar Karimovga aldov yo‘li bilan sotgani ham bor.

Sud materiallariga ko‘ra, Rismatov tanishlarini avtomobil va maishiy texnika sotish bahonasida aldagani, shuningdek, Jasur Yusupov bilan qo‘shma biznes ochishni va’da qilib, 179,3 ming dollar pulni o‘zlashtirgani aytiladi.

Hozircha ish bo‘yicha sudlanuvchining javobgarligi yuzasidan qaror chiqarilmagan.

    Boshqa yangiliklar