AsosiyJamiyat

Har yili 1,4 million kishi antisanitariyadan vafot etmoqda

JSSTning "Jahon ho'jatxona kuni" munosabati bilan e'lon qilgan bayonotida aytilishicha, bu fojianing oldini olish mumkin.

'Har yili 1,4 million kishi antisanitariyadan vafot etmoqda'ning rasmi

JSST ma’lumotiga ko‘ra, hozirda 3,4 milliardga yaqin odam talabga javob bermaydigan hojatxonalardan foydalanmoqda. Sanitariya va gigiyena yetishmasligi oqibatida har kuni besh yoshgacha bo‘lgan 1000 ga yaqin bola diareya kabi suv orqali yuqadigan kasalliklardan halok bo‘ladi.

Iqlim o‘zgarishi ham muammoni kuchaytirib, toshqin va qurg‘oqchilik orqali suv manbalarining ifloslanishiga sabab bo‘lmqoda.

Tashkilot bu vaziyatni barqaror investitsiyalar, kuchli boshqaruv va aniq ma’lumotlar orqali hal etish mumkinligini ta’kidladi.

Davlatlar sanitariya infratuzilmasini yangilash va har bir inson havfsiz hojatxonadan foydalana olishini ta’minlashga chaqirildi.

    Boshqa yangiliklar