AsosiyJamiyat

2027 yildan boshlab pensiya va g‘aznachilik bo‘limlari tugatiladi

O‘zbekistonda pensiya va g‘aznachilik xizmatlari raqamlashtirilayotgani bois quyi bo‘g‘inlardagi tashkilotlar faoliyati bosqichma-bosqich tugatiladi.

'2027 yildan boshlab pensiya va g‘aznachilik bo‘limlari tugatiladi'ning rasmi

Prezident farmoniga ko‘ra, 2027 yil 1 yanvardan boshlab G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi va Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tugatiladi, ular o‘rnida 1–3 nafar xodimdan iborat ixcham xizmat ko‘rsatish ofislari tashkil etiladi.

Shuningdek, farmonda ta’kidlanishicha, so‘nggi ikki yilda mazkur ikki tashkilotning shtat birliklari 1 940 taga (45 foizga) qisqartirilgan. Kelgusi yilda esa xodimlar sonini yana to‘rt barobargacha kamaytirish rejalashtirilgan.

Farmonga asosan, 2026 yil 1 iyuldan mamlakatda “Raqamli g‘azna” tizimi joriy etiladi. U orqali:

ma’lumotlar sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinadi,

qisqa va uzoq muddatli prognozlar ishlab chiqiladi,

inson omilining ta’siri kamaytiradi.

Shuningdek, chet el valyutasidagi operatsiyalar SWIFT tizimiga ulangan holda amalga oshiriladi. Davlat xaridlari va moliyaviy operatsiyalardagi xavflar “E-risk” dasturi yordamida aniqlanib, avtomatik ogohlantirish va xabardor qilish mexanizmlari ishlaydi.

Pensiya tizimida esa 2026 yil 1 dekabrdan fuqarolarning ish staji va maoshi to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar asosida pensiya miqdorini oldindan ko‘rish imkonini beruvchi “Mening pensiyam” onlayn xizmati ishga tushiriladi. Barcha pensiya xizmatlari proaktiv, elektron va interaktiv shaklga o‘tkaziladi:

fuqarolarning ish staji va ish haqi haqidagi elektron ma’lumotlarga asoslangan pensiya miqdorini dastlabki hisoblash imkonini beruvchi “Mening pensiyam” onlayn xizmati joriy etiladi;

barcha pensiya xizmatlari proaktiv, elektron va interaktiv formatlarga o‘tkaziladi.

Shuningdek, 2025 yil 1 oktyabrgacha pensiya to‘lovlaridan ushlab qolishlar amalga oshirilishidan avval fuqarolarni oldindan xabardor qilish tizimi joriy etiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Vazirlik Murod Nazarovning daraxt kesishga moratoriyni bekor qilish haqidagi taklifiga qarshi chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat 19.07.2025 17:53

    Vazirlik Murod Nazarovning daraxt kesishga moratoriyni bekor qilish haqidagi taklifiga qarshi chiqdi

    Ekologiya vazirligi huquqni saqlash organlarini Murod Nazarovning daraxt kesishga yondashuvlarini tekshirish va to‘liq taftish o‘tkazishga chaqirgan.

    'Istanbuldan Toshkentga uchgan samolyotda chaqaloq dunyoga keldi'ning rasmi

    Jamiyat 19.07.2025 14:55

    Istanbuldan Toshkentga uchgan samolyotda chaqaloq dunyoga keldi

    Samolyot Urganch aeroportiga favqulodda qo‘ngan.

    'Toshkentda "avariya" holatidagi "dom"lar aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 19.07.2025 14:49

    Toshkentda "avariya" holatidagi "dom"lar aniqlandi

    Holat yuzasidan Toshkent shahar Chilontr tumani hokimiga senator so‘rovi yuborilgan.

    'Qashqadaryoda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotgan korxona qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 19.07.2025 13:38

    Qashqadaryoda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotgan korxona qo‘lga tushdi

    Korxonadan 102 litr yog‘ va 5,5 tonna chigit ashyoviy dalil sifatida olingan.

    'Bakalavr va magistrlar tayyorlash bo‘yicha davlat granti tasdiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 19.07.2025 12:41

    Bakalavr va magistrlar tayyorlash bo‘yicha davlat granti tasdiqlandi

    Bu borada prezidentning tegishli farmoyishi qabul qilindi.

    'Toshkentdagi ko‘chalardan biri 1 oyga yopildi'ning rasmi

    Jamiyat 19.07.2025 10:36

    Toshkentdagi ko‘chalardan biri 1 oyga yopildi

    Ushbu vaqt mobaynida ayrim avtobus yo‘nalishlari ham o‘zgaradi.