10 iyul 2025 yil eng qisqa kun bo‘ldi — u odatiy 24 soatdan 1,36 millisekundga kam davom etdi. Olimlar bu holat texnologik tizimlar, xususan, kompyuterlar va sun’iy yo‘ldoshlar uchun xavf tug‘dirishi mumkinligidan xavotirda.
1955 yildan beri atom soatlari yordamida vaqt aniq o‘lchanadi. Ilgari Yer aylanishi sekinroq bo‘lgani sababli 1972 yildan boshlab UTC vaqtiga 27 marta qo‘shimcha soniya qo‘shilgan. Ammo endi olimlar birinchi bor buning aksi — 1 soniyani olib tashlash ehtimolini muhokama qilishmoqda.
Ushbu holat Yerning tabiiy harakatlari, Oy ta’siri, mavsumiy omillar hamda global isish bilan bog‘liq. Agar muzliklar erishi bo‘lmaganida, ehtimol, bu o‘zgarishlar allaqachon ro‘y berardi, deya ta’kidlaydi mutaxassislar.