AsosiyDunyo

O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi

Dollar kursi 100,50 so‘mga ko‘tarilib, 12 704,02 so‘m bo‘ldi.

'O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi'ning rasmi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 23 iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra:

dollar 100,50 so‘mga ko‘tarilib, 12 704,02 so‘m bo‘ldi;

yevro 194,53 so‘mga oshib, 14 871,33  so‘m bo‘ldi;

rubl 1,49 so‘mga ko‘tarilib, 162,43 so‘mni tashkil etdi.

Bundan avval dollar kursi uch kunlik pastlashdan so‘ng 25,31 so‘mga ko‘tarilib, 12 603,52 so‘m bo‘lgandi. Dollar rasmiy kursining yil boshidan buyon eng past qiymati 24 iyunda 12 410,99 so‘mni tashkil etgandi.

    Boshqa yangiliklar