AsosiySIYOSAT

Mirziyoyev va Lukashenko nimalarni muhokama qiladi?

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8–9 iyul kunlari Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

'Mirziyoyev va Lukashenko nimalarni muhokama qiladi?'ning rasmi

Tashrif dasturiga muvofiq, Minsk shahrida ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi muzokaralari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Tomonalar o‘zaro tovar ayirboshshlash hajmini oshirish, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, farmatsevtika, yengil sanoat, oziq-ovqat hamda iqtisodiyotning boshqa sohalarida kooperatsiyani kengaytirish yuzasidan fikr almashadi. Shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikni kuchaytirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratiladi.

Sammit yakunlari bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni qamrab olgan ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, tashrif arafasida Minsk shahrida O‘zbekiston va Belarus hududlari delegatsiyalari hamda ishbilarmon doiralari ishtirokida uchinchi Hududlararo forum o‘tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar