AsosiyJamiyat

Toshkentda fuqarolarni chetga ishga yubormoqchi bo‘lgan “firibgar” qo‘lga tushdi

Fuqaro odamlarni chuv tushirib ulardan 12 500 AQSH dollari va 73,2 mln so‘m olgan.

'Toshkentda fuqarolarni chetga ishga yubormoqchi bo‘lgan “firibgar” qo‘lga tushdi'ning rasmi

Toshkentda odamlarni aldab, chet elga ishlashga yuborishni va’da qilgan fuqaro qo‘lga tushdi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining axborot xizmati ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha , Poytaxt Toshkentning Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi “F.A.” MCHJ rahbari J.B. va menejeri A.A. (muqaddam sudlanganlar) fuqarolarni go‘yoki Germaniya davlatiga ishga yuborishi haqida internet ijtimoiy tarmoqlariga e’lonlar joylashtirgan.

So‘ng ushbu e’lon bo‘yicha murojaat qilgan 9 nafar fuqaro bilan soxta shartnomalar tuzib, ulardan jami 12 500 AQSH dollari va 73,2 mln so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Xiva shaxrida fuqarolarni Norvegiyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlangan edi

    Boshqa yangiliklar