AsosiyDunyo

Ukrainada qiruvchi samolyot qulab tushdi

Parvoz vaqtida aviatsiya texnikasida nosozlik yuzaga kelgan.

'Ukrainada qiruvchi samolyot qulab tushdi'ning rasmi

Ukrainada Mirage 2000 qiruvchi samolyoti qulab tushdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi. 

"22 iyul kuni kechqurun Ukrainaning Volin viloyatida parvoz topshirig‘i davomida Dassault Mirage 2000 qiruvchi samolyoti qulab tushdi", deb xabar berdi Ukraina Qurolli kuchlari.

Ukraina harbiylarining ma’lumotiga ko‘ra, parvoz vaqtida aviatsiya texnikasida nosozlik yuzaga kelgan. Uchuvchi bu haqida boshqaruvga xabar bergan va shundan so‘ng katapulta qilgan. Qidiruv-qutqaruv guruhi uchuvchini topgan, uning ahvoli barqaror.

Bu Ukrainaga Mirage samolyotlari topshirilganidan beri yuz bergan birinchi yo‘qotish hisoblanadi. Kiyev Fransiyadan Mirage 2000−5F modifikatsiyalangan versiyalarini olgan.

    Boshqa yangiliklar