Toshkent viloyatida 1,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilindi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Ohangaron tumanida "E. B. B." fermer xo‘jaliga qarashli elektr qurilmalarni o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
“Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 892 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi”,— deyiladi xabarda.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.