Unga ko‘ra, sarmoyalar asosan ko‘chmas mulk va infratuzilma loyihalari sohasiga — 2,93 milliard dollar, telekommunikatsiya sohasi va IT texnologiyalari uchun — 1,07 milliard dollar kiritiladi.
Saudiya Arabistonining 100 dan ortiq kompaniyalari ishtirokida 47 ta shartnoma imzolanishi rejalashtirilgan.
Al-Folih shuningdek, uning Suriyaga tashrifi valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon amri bilan tashkil etilgani va qirollikning Suriya hukumatini qo‘llab-quvvatlashini namoyish etishini ta’kidladi.
Oldinroq, Qatar Suriyaga 7 milliard dollar va BAA 800 million dollar sarmoya kiritishini e’lon qilgan edi.