Finlyandiyada siyosiy boshpana izlayotgan rossiyaliklar soni oshgan, biroq murojaatlarning aksariyati rad etilmoqda — so‘nggi besh yilda 963 kishi rad etilgan, 698 kishi esa ijobiy javob olgan.
Huquq faollariga ko‘ra, rad javoblari asosan “yetarli siyosiy faollik yo‘qligi” yoki “ta’qib tahdidi isbotlanmagan” degan asoslarda berilmoqda.
DW muxbiri ikki rossiyalik siyosiy faoldan intervyu oldi. Ular, agar Rossiyaga qaytishsa, siyosiy sabablar bilan qamalishlariga ishonadi. Biroq Finlyandiya migratsiya xizmati bu da’volarni yetarli deb topmagan.