Markaziy bank 28 iyuldan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan rasmiy kursini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari 71,75 so‘mga arzonlab, 12 581,73 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.
Ma’lumot uchun, bundan avval dollar kursi ketma-ket uch kun ko‘tarilib, 12 762,53 so‘m bo‘lgandi. Dollar rasmiy kursining yil boshidan buyon eng past qiymati 24 iyunda 12 410,99 so‘mni tashkil etgandi.