AsosiyDunyo

Boku Moskvadan AZAL aviakompaniyasi samolyotining halokati uchun javobgarlikni tan olishini kutmoqda

Shuningdek, jabrlanganlarning oilalariga tovon puli to‘lanishini va AZAL samolyoti uchun yetkazilgan zarar qoplanishi talab qilinmoqda.

'Boku Moskvadan AZAL aviakompaniyasi samolyotining halokati uchun javobgarlikni tan olishini kutmoqda'ning rasmi

Boku Moskvadan AZAL aviakompaniyasi samolyotining halokati uchun javobgarlikni tan olishini kutmoqda. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti ma’muriyatining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i Hikmet Gajiyev Berliner Zeitung nashriga ma’lum qildi. 

"Hodisa Rossiya hududida, Rossiya havo makonida yuz bergan va biz bu qanday sodir bo‘lganini yaxshi bilamiz. Bu sir emas. Ozarbayjon qo‘shni va hamkor davlat sifatida Rossiyaning bu borada mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishini va adolatni ta’minlashini kutmoqda", — dedi Gajiyev.

Ozarbayjon rasmiysining so‘zlariga ko‘ra, Boku va Moskva o‘rtasidagi munosabatlardagi keskinlik aynan Azerbaijan Airlines (AZAL) samolyoti halokatidan keyin yuzaga kelgan.

2024 yil 25 dekabr kuni Qozog‘istonning Aqtau shahri aeroporti yaqinida AZAL samolyoti halokatga uchragandi. Hodisa oqibatida 38 kishi halok bo‘lgan. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev halokatdan so‘ng samolyot Grozniy shahri yaqinida “tashqi ta’sir” tufayli shikastlanganini va bu boshqaruvni yo‘qotishga olib kelganini bildirgandi.

Rossiyaga ko‘ra, samolyot Grozniy aeroportiga qo‘nishga urinayotgan paytda hudud Ukraina dronlari hujumiga uchragan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Aliyevga qo‘ng‘iroq qilib, "samolyot bilan bog‘liq fojiali voqea Rossiya havo hududida sodir bo‘lgani" uchun uzr so‘ragan edi.

Ilhom Aliyev Ozarbayjon samolyot halokati munosabati bilan Rossiyaga qarshi xalqaro sudlarga da’vo kiritish uchun hujjatlarni tayyorlayotganini ma’lum qilgandi. Boku Moskva aybini tan olishini, shuningdek, jabrlanganlarning oilalariga tovon puli to‘lanishini va AZAL samolyoti uchun yetkazilgan zararni qoplashni talab qilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '"Biz Grenlandiyani himoya qilishimiz kerak" — Tramp'ning rasmi

    Dunyo 10.01.2026 15:40

    "Biz Grenlandiyani himoya qilishimiz kerak" — Tramp

    AQSh prezidenti Donald Trump Grenlandiyani Rossiya yoki Xitoy tomonidan bosib olinishining oldini olish uchun Qo'shma Shtatlar unga egalik qilishi kerakligini aytdi.

    'Afg‘onistonda urushdan qolgan snaryadlar tinch aholi hayotiga xavf solmoqda'ning rasmi

    Dunyo 10.01.2026 13:40

    Afg‘onistonda urushdan qolgan snaryadlar tinch aholi hayotiga xavf solmoqda

    Har oy o‘rtacha 55 kishi urushdan qolgan portlovchi buyumlar tufayli halok bo‘lmoqda.

    'Dubay naqd puldan voz kechmoqchi'ning rasmi

    Dunyo 10.01.2026 10:19

    Dubay naqd puldan voz kechmoqchi

    Жорий йилнинг охирига келиб Дубайдаги молиявий операцияларининг 90 фоизи рақамли шаклда амалга оширилади.

    'Turkiya havo qatnovi boʻyicha tarixiy rekordini yangiladi'ning rasmi

    Dunyo 10.01.2026 07:12

    Turkiya havo qatnovi boʻyicha tarixiy rekordini yangiladi

    2025 yilda Turkiya aeroportlari qariyb 250 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi.

    'Намойишчилар Трампга ёқишга уринаётган “бузғунчилар” - Хоманаий'ning rasmi

    Dunyo 10.01.2026 04:00

    Намойишчилар Трампга ёқишга уринаётган “бузғунчилар” - Хоманаий

    Eron boʻlib oʻtayotgan norozilik namoyishlari iqtisodiyotni qamrab oldi va yillar davomida kuzatilgan eng yirik namoyishlardan biriga aylandi.

    'AQSH rasmiylari Grenlandiya aholisiga bir martalik pul toʻlovlari amalga oshirish imkoniyatini muhokama qildi'ning rasmi

    Dunyo 09.01.2026 17:38

    AQSH rasmiylari Grenlandiya aholisiga bir martalik pul toʻlovlari amalga oshirish imkoniyatini muhokama qildi

    Bu orqali ular orol aholisini Daniyadan ajralib chiqishga va AQShga qoʻshilishga ishontirishni koʻzlamoqda.