AsosiyBu qiziq

Vogue jurnalida ilk bor sun’iy model paydo bo‘ldi

Bu reklama yoshlar orasida go‘zallik standartlari borasida xavotirlarni kuchaytirdi.

'Vogue jurnalida ilk bor sun’iy model paydo bo‘ldi'ning rasmi

Vogue jurnalining avgust sonida Guess brendining yozgi to‘plamiga oid reklama chop etildi. Unda silliq terili, mukammal qomatli ayol modellar ko‘rinadi. Ammo reklamaning kichik burchagida “AI-generated” — ya’ni sun’iy intellekt yordamida yaratilgan degan yozuv bor. Bu Vogue sahifasida ilk bor to‘liq sun’iy model ko‘rinish bergan holat hisoblanadi.

Mazkur reklama moda sanoatida ishlovchi haqiqiy modellarning haqlarini, shuningdek, yoshlar ongiga singayotgan ideal go‘zallik tasvirlarini muhokama markaziga olib chiqdi.

Mutaxassislar ushbu kampaniyani “insoniylikdan uzoq va salbiy ta’sir kuchiga ega” deya baholamoqda. Britaniyadagi Beat tashkiloti bu kabi suratlar tanani noto‘g‘ri qabul qilishga va ovqatlanish buzilishlariga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi.

Guess bilan ishlagan Seraphinne Vallora kompaniyasi vakillari esa AI modellar haqiqiy modellarning o‘rnini bosmaydi, balki ularni “to‘ldiradi” deya izoh berdi. Biroq kompaniya vebsaytida bu texnologiyaning afzalligi sifatida vizajist, suratkash va model xarajatlarining yo‘qligi ko‘rsatilgan.

Jurnalga berilgan tanqidlar kuchaymoqda. Vogue esa bu reklama tahririyat qarori emas, balki oddiy tijorat e’loni ekanini ma’lum qildi. Shunga qaramay, moda olamida AI modellarining kelajagi yuzasidan munozaralar davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kapadze Indoneziya safari maqsadini ochiqladi'ning rasmi

    Bu qiziq 21.11.2025 19:21

    Kapadze Indoneziya safari maqsadini ochiqladi

    Temur Kapadze Indoneziyaga tashrifi terma jamoa boshqarishi bilan bog'liq emasligini, safar faqat reklama va turizm maqsadida amalga oshirilganini ma'lum qildi.

    '“Koinot go‘zali – 2025” tanlovida Meksika vakili Fotima Bosh g‘olib bo‘ldi'ning rasmi

    Bu qiziq 21.11.2025 15:57

    “Koinot go‘zali – 2025” tanlovida Meksika vakili Fotima Bosh g‘olib bo‘ldi

    Unga gʻoliblik tojini 2024-yilgi miss — daniyalik Viktoriya Teylvig topshirdi.

    'Temur Kapadze Indoneziyaga bordi'ning rasmi

    Bu qiziq 21.11.2025 14:57

    Temur Kapadze Indoneziyaga bordi

    Murabbiy hozirda muzokaralar uchun Jakartada bo‘lib turibdi.

    'Kambagʻal oilalar yoshlariga armiya va "prava" uchun toʻlov davlat hisobidan qoplanadi'ning rasmi

    Bu qiziq 21.11.2025 11:06

    Kambagʻal oilalar yoshlariga armiya va "prava" uchun toʻlov davlat hisobidan qoplanadi

    1 fevraldan Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan yoshlar safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul o‘taydi.

    'Bugun harorat 21 darajagacha iliydi'ning rasmi

    Bu qiziq 21.11.2025 07:56

    Bugun harorat 21 darajagacha iliydi

    "O'zgidromet" bugun, 21 noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

    'Markaziy bank valyuta kurslarini e'lon qildi'ning rasmi

    Bu qiziq 20.11.2025 16:42

    Markaziy bank valyuta kurslarini e'lon qildi

    Dollar qimmatlashdi, evro arzonlashdi, oltin narxi oshdi.