AsosiyDunyo

“Toshshahartrans” sobiq rahbari qamalganidan yarim yil o‘tib ozod etildi

Jinoyat kodeksining yetti moddasi bo‘yicha ayblangan Anvar Jo‘rayevga nisbatan sud jazoni yengillashtirdi

'“Toshshahartrans” sobiq rahbari qamalganidan yarim yil o‘tib ozod etildi'ning rasmi

2024 yil fevral oyida 7,5 yil ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatining sobiq rahbari Anvar Jo‘rayev 2025 yil iyun oyida qamoqdan ozod etildi.

Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati 5 iyun kuni chiqargan qarorga ko‘ra, unga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikni cheklash jazosiga almashtirildi. Ya’ni, Jo‘rayev 4,5 yil davomida muayyan cheklovlar bilan erkinlikda yashash huquqini oldi.

Bundan tashqari, u 3 yil mobaynida “Toshshahartransxizmat” tizimida moddiy javobgarlik yoki boshqaruv vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Anvar Jo‘rayevga nisbatan juda ko‘p miqdorda talon-toroj qilish, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, mansab vakolatini suiiste’mol qilish, mansab soxtakorligi va jinoiy daromadlarni legallashtirish kabi ayblovlar qo‘yilgan edi.

Sud hukmida qayd etilishicha, u davlatga katta miqdorda moddiy zarar yetkazgan. Shu bilan birga, ozodlikka chiqishi sabablari va sud qarorining motivatsiyasi ochiqlanmagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '"Donald-d-d” va “Emmanuel-l-l”: Tramp dunyo yetakchilari bilan “erkin stil”da muloqot qila boshladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:19

    "Donald-d-d” va “Emmanuel-l-l”: Tramp dunyo yetakchilari bilan “erkin stil”da muloqot qila boshladi

    Tramp dunyoning ayrim yetakchilarga “qo‘ng‘iroq qilib tur”, deb shaxsan o‘zi raqamini bergani aytilmoqda.

    'Turkiyada o‘rmon yong‘inlari avj oldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:39

    Turkiyada o‘rmon yong‘inlari avj oldi

    Iyun oyidan buyon mamlakat bo‘ylab chiqayotgan o‘rmon yong‘inlari bo‘yicha olib borilayotgan tergovlar doirasida 21 kishi qamoqqa olingan.

    'G‘azoda to‘yib ovqatlanmaslik darajasi xavfli bosqichga yetdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:15

    G‘azoda to‘yib ovqatlanmaslik darajasi xavfli bosqichga yetdi

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hududda yuzlab odamlar ochlikdan nobud bo‘layotganini bildirdi.

    'Google Turkiyada ro‘y bergan zilzilada 10 million foydalanuvchini ogohlantira olmadi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:02

    Google Turkiyada ro‘y bergan zilzilada 10 million foydalanuvchini ogohlantira olmadi

    Texnogigant zilzila kuchini noto‘g‘ri baholagani sababli ogohlantirish tizimi ishlamagan.

    'Yevropa Ittifoqi va AQSH yangi savdo bitimi tuzdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:49

    Yevropa Ittifoqi va AQSH yangi savdo bitimi tuzdi

    Tramp va Ursula fon der Shotlandiyada kelishuvga erishdi, taraflar kelishuvni "katta yutuq" deb atadi.

    'AQSHda moliyaviy inqiroz sababli odamlar jonivorlarini saqlayolmayapti'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:41

    AQSHda moliyaviy inqiroz sababli odamlar jonivorlarini saqlayolmayapti

    Mutaxassislar buni yurakni ezuvchi iqtisodiy ko‘rsatkich deb atamoqda.