AsosiySPORT

Turkiya Paragvayga yo‘l berib, pley-off imkoniyatini yo‘qotdi

JCH—2026: “D” guruhi 2-turida Turkiya terma jamoasi Paragvayga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

'Turkiya Paragvayga yo‘l berib, pley-off imkoniyatini yo‘qotdi'ning rasmi

2026 yilgi Jahon chempionati “D” guruhi 2-turida Turkiya terma jamoasi Paragvayga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi va pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini yo‘qotdi.

AQShning Santa-Klara shahridagi “Levays” stadionida o‘tgan uchrashuvni salvadorlik hakam Ivan Barton boshqardi.

Bahsdagi yagona gol 2-daqiqada Matiyas Galarsa tomonidan kiritildi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Paragvay hujumchisi Miguel Almiron to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi hakamga norozilik bildirib, og‘zini qo‘li bilan yopgan holda bir necha so‘z aytgani uchun maydondan chetlatilgan.

Shu tariqa, Turkiya 2-turdan so‘ng ham ochko jamg‘ara olmadi va 3-tur oldidan guruhda 4-o‘rinda qolishi aniq bo‘ldi. Ilk turda turklar Avstraliyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan, Paragvay esa AQShga 1:4 hisobida yutqazgan edi.

    Boshqa yangiliklar