AsosiySPORT

Yaponiya Tunisni yirik hisobda taslim qildi

JCh—2026: “F” guruhidan o‘rin olgan Tunis va Yaponiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 4:0 hisobida yakunlandi.

'Yaponiya Tunisni yirik hisobda taslim qildi'ning rasmi

Bugun, 2026 yilgi jahon chempionati “F” guruhidan o‘rin olgan Tunis va Yaponiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Unda Yaponiya terma jamoasi 4:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

Hisob uchrashuvning 6-daqiqasida yarim himoyachi Dayichi Kamada tomonidan ochildi. 31-daqiqada hujumchi Ayase Ueda yaponiyaliklarning ustunligini ikki baravarga oshirdi.

Ikkinchi bo‘limda ham osiyoliklar tashabbusni qo‘ldan bermadi. 69-daqiqada Junya Ito uchinchi golni kiritgan bo‘lsa, 83-daqiqada Ayase Ueda o‘z dublini rasmiylashtirib, uchrashuvga yakuniy nuqta qo‘ydi.

Shu tariqa, Yaponiya Tunisni 4:0 hisobida mag‘lub etib, muhim uch ochkoga ega chiqdi.

Ma’lumot uchun, “F” guruhining 1-turida Tunis Shvetsiyaga 1:5 hisobida imkoniyatni boy bergan, Yaponiya esa Niderlandiya bilan 2:2 hisobida durang qayd etgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati guruh bosqichi uchrashuvlari 11 iyundan 27 iyunga qadar davom etadi.

Reglamentga ko‘ra, har bir guruhdan dastlabki ikki o‘rin sohiblari hamda uchinchi o‘rindagi eng yaxshi sakkizta jamoa pley-off bosqichiga yo‘l oladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Portugaliya — O‘zbekiston o‘yini uchun hakamlar tayinlandi'ning rasmi

    SPORT Bugun 03:43

    Portugaliya — O‘zbekiston o‘yini uchun hakamlar tayinlandi

    Ushbu bahsni marokashlik FIFA hakami Jalol Jayed boshqarib boradi.

    'Germaniya pley-off eshigini ochdi'ning rasmi

    SPORT Bugun 03:25

    Germaniya pley-off eshigini ochdi

    JCH–2026: “E” guruhi 2-turidan o‘rin olgan Germaniya va Kot-d’Ivuar terma jamoalari 2:1 hisobida o‘yinni yakunladi.

    'Niderlandiya Shvetsiya ustidan yirik hisobda zafar qozondi.'ning rasmi

    SPORT Bugun 03:12

    Niderlandiya Shvetsiya ustidan yirik hisobda zafar qozondi.

    Muxlislarga gollarga boy o‘yin taqdim etgan niderlandlar raqibini 5:1 hisobida taslim etdi.

    ''ning rasmi

    SPORT 20.06.2026 07:30

    'Turkiya Paragvayga yo‘l berib, pley-off imkoniyatini yo‘qotdi'ning rasmi

    SPORT 20.06.2026 05:31

    Turkiya Paragvayga yo‘l berib, pley-off imkoniyatini yo‘qotdi

    JCH—2026: “D” guruhi 2-turida Turkiya terma jamoasi Paragvayga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

    'Braziliya Gaiti darvozasiga javobsiz uchta gol urdi'ning rasmi

    SPORT 20.06.2026 03:21

    Braziliya Gaiti darvozasiga javobsiz uchta gol urdi

    JCH—2026: “C” guruhi 2-turida Braziliya terma jamoasi Gaitini 3:0 hisobida mag‘lub etdi.