AsosiyDunyo

Kreml Peter Madyarni g'alaba bilan tabriklashdan bosh tortdi

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi “do‘st bo‘lmagan” davlatlarga tabrik yo‘llanmasligini bildirdi.

'Kreml Peter Madyarni g'alaba bilan tabriklashdan bosh tortdi'ning rasmi

Rossiya Vengriyadagi parlament saylovlarida g‘alaba qozongan muxolifat yetakchisi Peter Madyarni tabriklamadi. Bu haqida Zamon.uz ma'lum qildi.

Peskovning aytishicha, Moskva "do‘st bo‘lmagan davlatlar" rahbarlariga tabrik yo‘llamaydi. U Vengriya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlayotgani sababli aynan shunday toifaga kiritilganini ta'kidladi.

Shu bilan birga, jurnalistning "Bu Moskva faqat Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan do‘st ekanligini anglatadimi", degan savoliga javoban u Rossiya ilgari Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan muloqot olib borganini qayd etdi.

Ma'lumot uchun, Vengriya 2022 yil 5 martdan buyon Rossiya tomonidan "do‘st bo‘lmagan davlatlar" ro‘yxatiga kiritilgan. Shunga qaramay, o‘sha yil aprel oyida Vladimir Putin Orbanni parlament saylovlaridagi g‘alabasi bilan rasman tabriklagan edi.

13 aprel kuni o‘tkazilgan brifingda Peskov Kreml Vengriya xalqining tanloviga "hurmat bilan qarashi"ni bildirib, yangi rahbariyat bilan "pragmatik aloqalarni davom ettirish" niyati borligini ham qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, 12 aprel kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda hukmron "Fides" partiyasi muxolifatdagi "Tisa"ga yutqazdi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Orban davri Peter Madyarning Vengriya saylovidagi yirik gʻalabasi bilan yakunlandi'ning rasmi

    Dunyo 13.04.2026 07:02

    Orban davri Peter Madyarning Vengriya saylovidagi yirik gʻalabasi bilan yakunlandi

    Viktor Orbánning 16 yillik hokimiyati tugadi va "saylov avtokratiyasi" deb tanqid qilingan tizim parchalandi.

    'Janubiy Koreya Qozog‘istondan neft importini yo‘lga qo‘ymoqchi'ning rasmi

    Dunyo 13.04.2026 04:01

    Janubiy Koreya Qozog‘istondan neft importini yo‘lga qo‘ymoqchi

    Eron atrofidagi keskinlik va Hormuz bo‘g‘ozidagi xatarlar Seulni yangi energiya manbalarini izlashga majbur qilmoqda.

    'Afsonaviy hind Bollivud qoʻshiqchisi Asha Bxosle 92 yoshida vafot etdi'ning rasmi

    Dunyo 12.04.2026 16:58

    Afsonaviy hind Bollivud qoʻshiqchisi Asha Bxosle 92 yoshida vafot etdi

    Uning ovozi 1970–80-yillarda hind kinosi musiqasining eng mashhur va ta'sirli belgilaridan biri bo'lib, Bollivud saundtreklarining shakllanishiga katta hissa qo'shgan.

    'Hujumlardan keyin Saudiya neft quvuri faoliyati tiklandi'ning rasmi

    Dunyo 12.04.2026 11:44

    Hujumlardan keyin Saudiya neft quvuri faoliyati tiklandi

    Saudiya Arabistoni asosiy neft quvuri hujumlardan so‘ng to‘liq quvvatda ishlashga qaytganini ma’lum qildi.

    'Ukraina va Rossiya Pasxa sulhi vaqtida qoidalar buzilishida bir-birini aybladi'ning rasmi

    Dunyo 12.04.2026 09:47

    Ukraina va Rossiya Pasxa sulhi vaqtida qoidalar buzilishida bir-birini aybladi

    Ukraina harbiylari ma'lum qilishicha, Rossiya kuchlari shanba kuni soat 16:00 dan boshlangan sulhdan buyon 2 299 ta qoidabuzarlik sodir etgan.

    'Durov va WhatsApp o‘rtasida shifrlash masalasida bahs'ning rasmi

    Dunyo 12.04.2026 07:42

    Durov va WhatsApp o‘rtasida shifrlash masalasida bahs

    Pavel Durov WhatsApp'dagi shifrlash tizimi milliardlab foydalanuvchilarni chalg'itishi mumkinligini aytdi.