AsosiyDunyo

"Donald-d-d” va “Emmanuel-l-l”: Tramp dunyo yetakchilari bilan “erkin stil”da muloqot qila boshladi

Tramp dunyoning ayrim yetakchilarga “qo‘ng‘iroq qilib tur”, deb shaxsan o‘zi raqamini bergani aytilmoqda.

'"Donald-d-d” va “Emmanuel-l-l”: Tramp dunyo yetakchilari bilan “erkin stil”da muloqot qila boshladi'ning rasmi

Amerika prezidenti Donald Tramp an’anaviy diplomatiya qoidalarini chetga surib, dunyo sardorlari bilan noodatiy uslubda muloqot qilishni afzal ko‘rmoqda. Bu haqda Politico nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Tramp Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Saudiya Arabistoni valiahdi Muhammad bin Salmon, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu kabi yetakchilar bilan o‘z shaxsiy telefoni orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri gaplashadi. U ayrim yetakchilarga “qo‘ng‘iroq qilib tur”, deb shaxsan o‘zi raqamini beradi yoki ularga o‘zi qo‘ng‘iroq qiladi.

Manbalarga ko‘ra, ayniqsa, Makron bilan Tramp o‘rtasida “juda iliq va g‘ayrioddiy” munosabat shakllangan. “Bu g‘alati va kulgili edi – Tramp: Emmanuel-l-l!’ deydi, Makron esa: Donald-d-d! deb javob qaytaradi. Ular shu tariqa bir-biriga murojaat qilishardi”, deydi Politico manbasi.

Nashr yozishicha, dunyo yetakchilari Trampning “erkin” va rasmiyatdan yiroq muloqot uslubiga moslashishga majbur bo‘lishgan. Yevropa rasmiylaridan birining so‘zlariga ko‘ra, aynan shunday yondashuv Trampning NATOga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishga ham yordam bergan.

Joriy yil iyunida Niderlandiyada bo‘lib o‘tgan NATO sammitida Tramp alyans haqida “u aldab qo‘ymaydi, balki haqiqiy mudofaa kafolati” ekanini ta’kidlagan va buni “katta yetakchilar” bilan uchrashuvlardan keyin tushunganini aytgan.

Buning ortida qanday siyosiy maqsadlar yotganini vaqt ko‘rsatadi. Ammo bir narsa aniq: dunyodagi yetakchilar endi nafaqat siyosatda, balki telefonda ham “Donald-d-d” deyishga majbur bo‘lmoqda.

    Boshqa yangiliklar