AsosiyJamiyat

Namanganda ikki bola suvga cho‘kib ketdi

Hozirda Mirishkor MFYda yashovchi o‘g‘il bolani qidirish ishlari olib borilmoqda.

'Namanganda ikki bola suvga cho‘kib ketdi'ning rasmi

Namangan viloyati Mirishkor MFYda ikki nafar maktab o‘quvchisi Shimoliy Farg‘ona kanaliga cho‘milishga tushib, cho‘kib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hozirda 2009 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan fuqaro – o‘g‘il bolani qidirish ishlari olib borilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, cho‘kib ketgan bolalarning biri 25 iyul kuni topilgan.

 “Hozirgi kunda Namangan, Chust va Pop tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limlari yong‘in qutqaruvchilar tomonidan suvusti va boshqarma yong‘in qutqaruv otryadi g‘avvoslari tomonidan suvosti qidiruv ishlari davom ettirilmoqda”, —  deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar