AsosiyJAMIYAT

Nukuslik 11 yoshli bola O‘zbekiston – Portugaliya o‘yinida rasmiy to‘pni maydonga olib chiqdi

Uchrashuv 23 iyun kuni AQShning Xyuston shahrida bo'lib o'tdi.

'Nukuslik 11 yoshli bola O‘zbekiston – Portugaliya o‘yinida rasmiy to‘pni maydonga olib chiqdi'ning rasmi

Nukuslik 11 yoshli Jahongir Sodiqov O‘zbekiston va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi jahon chempionati bahsi oldidan rasmiy o‘yin to‘pini maydonga olib chiqdi.

Uchrashuv 23 iyun kuni AQShning Xyuston shahrida bo‘lib o‘tdi. O‘yin boshlanishidan oldin Jahongir FIFAning rasmiy o‘yin to‘pi bilan maydonga chiqish sharafiga muyassar bo‘ldi.

Qayd etilishicha, u mazkur imkoniyatni Kia va FIFA World Cup 2026 hamkorligida tashkil etilgan bolalar tanlovida g‘olib chiqqanidan so‘ng qo‘lga kiritgan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatidagi ilk ishtiroki doirasida bo‘lib o‘tgan mazkur bahs nafaqat futbolchilar, balki yosh muxlislar uchun ham unutilmas voqeaga aylandi.

    Boshqa yangiliklar