Bugun, 30 iyul kuni soat 09:58 da Olmazor tumani, Usta Shirin ko‘chasida joylashgan, sintepon ishlab chiqarish korxonalarining birida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 10:02 da yetib borgan va yong‘in soat 10:10 da qurshab olinib, soat 10:13 da o‘chirilgan.
Voqea joyiga Toshkent shahar FVB rahbariyati hamda ma’sul tashkilotlarning vakillari chiqqan.