Toshkent viloyatida ayolini va qaynonasini pichoqlab o‘ldirgan erkak 22 yilga qamaldi. Sudlanuvchi jinoyatga ayolining xiyonatidan so‘ng qo‘l urganini aytdi.
Joriy yil 19 mart kuni Chinoz tumanida ro‘y bergan dahshatli qotillik bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, kuyov qaynonasining uyida ichkuyov sifatida yashab kelgan.
U ayoli va qaynonasini pichoq sinib ketgunga qadar jarohatlagan. Sud jinoyatchini Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismining “a, j, o, r” bandlari bo‘yicha aybli deb topib, 22 yilga ozodlikdan mahrum etdi.