Kambodja va Tailand o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlarni to‘xtatishga qo‘shgan hissasi uchun Prezident Donald Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatilishi kerak. Bu haqda Kambodjaning “The Wall Street Journal” jurnali xabar berdi.
Uning aytishicha, agar AQSH aralashmaganida, tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishish deyarli imkonsiz bo‘lardi. Bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Tramp faqat Kambodjadagi roli uchun emas, boshqa qilgan ishlari uchun ham olishga haqli nomzoddir.
Ma’lumot uchun, Tailand va Kambodja chegarasidagi janglar 24 iyulda boshlangan va so‘nggi 10 yildan ortiq vaqtdagi eng shiddatli jangga aylangan. Natijada, 36 kishi va 20 dan ortiq tinch aholi vakillari halok bo‘lgan. Chegara hududlaridan 200 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan.