AsosiyBu qiziq

endi ChatGPT "juftidan ajralish kerakmi" degan savollarga javob bermaydi

OpenAI ChatGPT xulq-atvor modelini yangilagani eʼlon qildi.

'endi ChatGPT "juftidan ajralish kerakmi" degan savollarga javob bermaydi'ning rasmi

Open AI foydalanuvchilar bilan nozik mavzularda muloqot qilishda mas’uliyatni oshirishga qaratilgan ChatGPT xulq-atvor modelining yangilanishini e’lon qildi. Endi chat-bot “juftidan ajralish kerakmi” kabi shaxsiy yoki hissiy so‘rovlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri maslahat bermaydi. Bu haqda Business Insider xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bundan buyon tizim ajralish bo‘yicha maslahatlar o‘rniga vaziyatni turli tomonlardan ko‘rib chiqishni taklif etadi, yo‘naltiruvchi savollar beradi va shaxsiy fikrni shakllantirishga yordam beradi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, o‘zgarishlarning maqsadi murakkab hayotiy vaziyatlarda ChatGPTning foydaliligini oshirish. OpenAI avvalgi yangilanish davomida model haddan tashqari kelishuvchan bo‘lib qolganini tan olgan. Bu xatti-harakatlar endi tuzatilgan.

Bundan tashqari, uzoq davom etadigan suhbatlarda ChatGPT foydalanuvchiga tanaffus qilish kerakligini eslatib turishni boshlaydi. Bunday tavsiyalarni berish usuli iloji boricha tabiiy bo‘lishi va bezovtalikka sabab bo‘lmasligi uchun takomillashtiriladi.

    Boshqa yangiliklar